Qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning asosiy sababchilari aniqlandi
Jamiyat
−
23 dekabr 2021
14278O‘zbekistonda qarindoshlar o‘rtasida tuziladigan nikohlar qariyb 60 foiz holatda bobo-buvilar tashabbusi bilan bo‘ladi. Bu haqda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi xabar berdi.
O‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, qarindoshlar o‘rtasida tuziladigan nikohning 58,1 foiz bobo-buvilar, 56,4 foizi ota-onalar, 14,3 foizi tog‘a-xola va amaki-ammalar, 13,2 foizi opa-singillar, 1,2 foizi aka-ukalar va 8,3 foizi boshqa shaxslar tashabbusi bilan tuzilishi respondentlar tomonidan aniqlangan.
Qarindoshlar o‘rtasida tuzilgan nikohlardagi oilalarning hayoti qanday kechayotganini aniqlashga qaratilgan so‘rovnomada respondentlarning 25,2 foizida ziddiyat va nizolar uchrab turganligini, 24,9 foiz oilalarda nogiron farzandlar borligi, 8,9 foiz qarindoshlik asosida qurilgan oilalarda muammolar mavjudligi va doimiy quda-andachilikdagi kelishmovchiliklar bo‘layotganligi bildirilgan.
“Kuzatuvlar shuni ko‘rsatmoqdaki, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar hanuzgacha oshkora yoki yashirin holda noqonuniy qayd etilishi holatlari uchramoqda. Mamlakatimizdagi barcha oliy o‘quv yurtlarida va tibbiy maslahatxonalarda, mahallalarda bu borada olib borilayotgan tushuntirish ishlari yo‘lga qo‘yilganligiga qaramay, salbiy holatlar hamon tez-tez uchrab turibdi”, deyiladi vazirlik xabarida.
LiveBarchasi