Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qiydimi yoxud Norboyeva nimadan norozi?

Jamiyat

Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi degan naqlga ishora qilib, davlat idoralaridagi yig‘ilishlar shunchaki hisobot berish uchun o‘tkaziladi, deb o‘ylashingiz mumkin. Ammo hamisha ham bunday emasligiga biz o‘z ko‘zimiz bilan guvoh bo‘ldik. Va natijada ba’zan zerikarli, ba’zan esa tortishuvlarga to‘la bo‘lgan yig‘ilishdan noodatiy lavha tayyorlandi. 

Ushbu lavhani yuqoridagi videopleyerda yoki QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi kanalida tomosha qilishingiz mumkin

Hafta o‘rtasida Senatda Rais Tanzila Norboyeva ishtirokida Xotin-qilarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi majlisi o‘ta tanqidiy ruhda o‘tdi. 

Unda “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni ijrosi muhokama qilindi. Norboyevaning aytishicha, Farmonda belgilangan ishlarning aksariyati o‘z vaqtida bajarilmagan. Xususan, Davlat boshqaruvi akademiyasi 100 nafar ayollarni o‘qitishi belgilangan. Ammo ishlar yana chala. Norboyeva esa quyi bo‘g‘inlarni ogohlantirishda davom etmoqda.

Ayollar daftariga kirgan xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash ahvoli ham quvonarli emas. 2022 yilning o‘zida 6 ming ayol uy-joy bilan ta’minlanishi kerak bo‘lsa, hozirgacha rejaning 10 foizi ham bajarilmagan. 

Majlisda kamera ob’ektivlari markazida Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova bo‘ldi. U Prezident farmoni bilan qabul qilingan dasturning joriy yildagi ijrosi bo‘yicha hisobot berishi kerak. Opada hayojon kuchli. Kamiga Norboyeva u sahnaga chiqmasidan gapni qisqa qilish haqida ogohlantirdi. Shunga qaramay, Mahkamova naq 20 daqiqa irod qildi. Undan keyin esa Norboyevaning savollariga javob qaytardi. 

Mahkamovaga ko‘ra, oilaviy ajrimlar o‘tgan yilga nisbatan 20 foizga oshgan. Xo‘sh, nega? Sabab nima? Yana qaynonalarmi? Yo‘q. U ajrimlarning 70 foiziga yoshlarning o‘zi sabab bo‘layotganini aytgan. 

Mahkamova ayjrimlarning oldini olish bo‘yicha o‘zining olamshumul taklifini bildirdi. Xo‘sh, bu qanday taklif? 

Norboyevaning fikricha, ajrimlarni yoshlarni kursda o‘qitish bilan hal etib bo‘lmaydi. 

Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin nutqini bazo‘r o‘zbek tilida boshlab, ruschada davom ettirdi.

Gal Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vakiliga keldi. Dunyo bo‘ylab sochilib ketgan, risqini terayotgan o‘zbekistonliklar 3 millionga yaqin. Ammo vazirlikning rasmiy ma’lumotidagi ko‘rsatkichlar biroz past. 

Norboyeva Rossiyadagi migrant ayollarni ko‘rganda qanday holga tushganini esladi. 

Opaning brendlardan ham yaxshi xabari bor. Yaqinda AQSHda bo‘lib kelgan Norboyeva xorijiy brendlarning O‘zbekistonga kirishi bo‘yicha standartlaridan biriga to‘xtaldi. 

Majlisda Yoshlar agentligi raisi direktori o‘rinbosari Kattaxonovadan tortib, Sog‘liqni saqlash “malikasi” – vazir o‘rinbosari Bositxonovaning hisobotlari eshitildi. Darvoqe, ro‘yxatda Madaniyat vaziri Nazarbekov ham bor. Kattakonlarning ko‘pchiligi yig‘ilishga o‘rinbosarini jo‘natganida Nazarbekov o‘zi keldiyu ammo ko‘tarilgan masalalar, uzundan-uzun nutqlardan zerikkandek ko‘rindi. 

Xullas komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi shu taqlid yakunlandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva

Baholaganlar

735

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing