Qanday zararli odatlar saratonga olib keladi? 

Salomatlik

image

2005 yildan beri har yili 4 fevralda Butunjahon saratonga qarshi kurash kuni (World Cancer Day) nishonlanadi. 

Ushbu kunning maqsadi — bu global muammoga jamoatchilik e’tiborini qaratish, hozirgi kunda saraton kasalligi qanchalik xavfli va keng tarqalganini eslatish va saraton kasalligidan o‘limni sezilarli darajada kamaytirishdir. 

Saraton — bu tananing har qanday qismiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan 100 dan ortiq kasalliklarning umumiy atamasi. Saraton kasalligining o‘ziga xos belgilaridan biri odatdagi chegaralardan tashqarida o‘sadigan anomal hujayralarning tez shakllanishidir. Ushbu jarayon metastaz deb ataladi. Metastazlar saraton kasalligidan o‘limning asosiy sababidir. 

Hozirgi vaqtda dunyoda saraton tashxisidan keyin barqaror remissiyada bo‘lgan 44 millionga yaqin odam bor. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, saraton kasalligiga chalinganlarning qariyb 70 foizi nur terapiyasiga muhtoj. 

Saraton har doim fojia sanaladi. Ammo mutaxassislarning ta’kidlashicha, bizning davrimizda saratonning sabablari yaxshi ma’lum va bu yangi holatlarning uchdan bir qismini oldini olishga imkon beradi. Agar saraton o‘simtasi dastlabki bosqichlarda aniqlansa, muvaffaqiyatli davolash mumkin. 

Hech kimga sir emaski, saraton dunyo bo‘ylab o‘limning asosiy sabablaridan biridir va tibbiy prognozlarga ko‘ra, saraton kasalligidan o‘lim ko‘payishi davom etadi. Har yili saraton kasalligidan o‘limning aksariyati o‘pka, oshqozon, jigar, yo‘g‘on ichak va ko‘krak saratoni bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘limning uchdan bir qismi beshta asosiy xavf omili — yuqori tana massasi indeksi, meva va sabzavotlarni yetarli darajada iste’mol qilmaslik, jismoniy faollikning yetishmasligi, tamaki va spirtli ichimliklarni iste’mol qilish bilan bog‘liq. Chekish saraton uchun eng muhim xavf omili bo‘lib, global saraton o‘limining 22 foizini va global o‘pka saratonidan o‘limning 71 foizini tashkil qiladi. 

Ma’lumki, tibbiyot bir joyda turmaydi: saraton kasalligiga qarshi kurash usullari har yili takomillashtiriladi va ehtimol, bir muncha vaqt o‘tgach, bu dahshatli kasallikning barcha turlariga qarshi vaksinalar paydo bo‘ladi. Ammo ungacha shifokorlar profilaktikani e’tiborsiz qoldirmaslik, yomon odatlarni tark etish va sog‘lom faol turmush tarzini olib borishni maslahat beradi.


Maqola muallifi

Teglar

saraton

Baholaganlar

599

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing