Saratonni davolashda Turkiya texnologiyasi yo‘lga qo‘yilmoqda
Biznes
−
27 fevral
9449Dunyoda har yili 16 millionga yaqin saraton aniqlanadi. Birgina O‘zbekistonning o‘zida 100 mingdan ziyod odam onkologik kasallik bilan og‘rigan. Davolanish jarayoni esa bir muncha og‘ir va qimmat. Ammo endi Turkiya klinikasi bilan hamkorlikda imzolangan memorandum orqali bu jarayonlar ancha oson kechadi.
25 fevral kuni Toshkentda “Numa diagnostiks” va Turkiyaning nufuzli “Medipol” klinikasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Shu munosabat bilan dunyoning top o‘ntaligiga kiruvchi onkologiya sohasining tajribali professor, doktor, dotsent va vrachlari O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
“Onkologik kasalliklar XXI asrning eng keng tarqalgan kasalliklaridan biri ekani hech kimga sir emas. Uning og‘ir oqibatlarini ham hammamiz yaxshi bilamiz. Shuning uchun biz onkologiya sohasidan top o‘ntalikka kiruvchi Turkiyaning eng malakali shifokorlarini, professorlarini taklif qildik”, deydi "Numa diagnostiks" rahbari Xurshida Qo‘chqorova.
“Medipol” Turkiyadagi bemorlar qamrovi bo‘yicha eng katta klinika hisoblanadi. Uning 3 ta universiteti Istanbulda, Anqarada esa yana bitta universitet binosi hamda 10 ta shifoxonasi mavjud. Klinikada bemorlar stomatologiya, gematologiya, bolalar va kattalar onkologiyasi bo‘limlarida davolanadi. Shuningdek, “Medipol” o‘zining ginekologiya borasida ko‘rsatadigan xizmatlari bilan ham mashhur. Klinikada bepushtlikdan davo topish ko‘rsatkichi 74 foizni tashkil etadi. Butun dunyoda esa bu natija atigi 48 foiz.
“Numa Group” esa O‘zbekistonda o‘zining tabiiy mahsulotlar ishlab chiqarishi bilan tanilgan.
“Numa” kompaniyasining birinchi shiori bu – sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish. Bilamizki, organizmda biror-bir element, misol uchun, temir, yod yoki vitamin yetishmovchiligi bo‘lsa, kasalliklarning oldini olish uchun, albatta, bepul diagnostika xizmatlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki bizning iqlim mintaqamiz ham shunga moslangan – dengizdan uzoq yerda joylashganimiz”, deydi Qo‘chqorova.
Hozirgi kunda kompaniyada 25 xildan ortiq bolalar va kattalar uchun mo‘ljallangan mahsulotlar, jumladan, vitamin va kosmetikalar ishlab chiqariladi. Kompaniya bugunga qadar, allaqachon, 90 mingdan ziyod xaridorlarga xizmat ko‘rsatgan.
Mamlakatda onkologik kasallik bilan og‘rigan bemorlar soni, afsuski, kam emas. Har yili yuzlab bemorlar davo istab chet mamlakatlarga boradi. Biroq ko‘p hollarda O‘zbekistonda qilingan tahlil natijalari boshqa mamlakatlarda qabul qilinmaydi. Shu sababli ham “Numa” kompaniyasi onkologiya sohasiga alohida e’tibor qaratdi.
“Statistikalar bilan tanishib chiqqanimizda shunga guvoh bo‘ldikki, turli xil og‘ir kasalliklar bo‘yicha O‘zbekistonda juda ko‘p bemorlar Turkiyaga boradi va bu katta xarajat talab etadi. Ular bu borada qiyinchiliklarga duch keladi. Shunday qiyinchiliklardan biri bu O‘zbekistondagi tibbiy xulosalar, qon tahlil natijalarining chet davlatda qabul qilinmasligidir. Bu tahlillarni qaytadan topshirish yana 3-4 barobar ko‘proq xarajat qilishga olib keladi. Biz orqali bu muammo bartaraf etiladi. Endi bemorlar klinikamizda tahlillarni topshirishi, Turkiyaga uchmasdan turib, ulardan onlayn maslahatlarni olishi hamda biz turkiyalik hamkasblarimiz bilan hamkorlikda davolash choralarini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi”, deydi “Numa” kompaniyalar guruhi bosh direktori Olimjon Abduvahobov.
Endi “Numa diagnostiks”da “Medipol” klinikasi bilan hamkorlikda tashkil etiladigan tahlillar bu muammoga yakun yasaydi. O‘zbekistonning o‘zida to‘g‘ri tashxis qo‘yish va shu natijalarga asoslanib Turkiyada davolanish imkoniyati yaratiladi.
"Birinchi navbatda, biz bemorlarimizning O‘zbekistonda o‘tkazilgan tahlillari va tashxis natijalarini birgalikda ko‘rib chiqamiz. Shundan so‘ng, bemorlarimizni qaysi davolash usuli to‘g‘ri bo‘lsa, shunga yo‘naltiramiz. Agar iloji bo‘lsa, albatta, bu yerda davolashga harakat qilamiz. Lekin maxsus texnika yoki maxsus davolash usuli kerak bo‘lsa, Turkiyaga taklif qilamiz. Bizning eng asosiy vazifalarimizdan biri juda tez harakat qilishdir. Agar kamchiliklar bo‘lsa, ularni bartaraf etamiz va iloji boricha tezroq eng mos davolash yo‘nalishini tanlaymiz hamda xizmat ko‘rsatishni boshlaymiz”, deydi dotsent Dilek Unal.
Turkiyaga borgan bemorlar chet elliklar uchun maxsus tashkil etilgan bo‘limda davolanadi. U yerda mijozlarga tarjimonlar beriladi. O‘tgan yilning o‘zida ushbu shifoxonada 35 ming xalqaro bemorlar davolangan.
“Numa diagnostiks”ning laboratoriyasidagi barcha uskunalar Germaniya va AQSHdan keltirilgan. Shu sababli ham to‘g‘ri tahlil natijalari qisqa fursatlarda taqdim etiladi.
Bundan tashqari, boshqa diagnostika markazlaridan farqli o‘laroq, “Numa” kompaniyasi uyda yoki ishxonada o‘tirgan holda xizmatdan foydalanish va tahlil natijalarini onlayn olish imkoniyatini ham taqdim etadi.
Ikkala kompaniyaning ham asosiy maqsadlaridan biri kasalliklarni erta aniqlash va oldini olishdir. Shu sababli ham o‘zaro hamkorlik asosida tajriba almashish yo‘lga qo‘yiladi.
“Bu nafaqat bemorlarimiz uchun, balki shifokorlarimiz uchun ham mo‘ljallangan hamkorlikdir. Chunki biz “Medipol” bilan birgalikda shifokorlarimizni Turkiyaga tajriba almashish uchun jo‘natamiz. Shuningdek, u yerdan mutaxassislarni O‘zbekistonga olib kelib, bepul maslahatlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatimiz bor”, deydi Abduvahobov.
Imzolangan memorandum sabab 26 va 27 fevral kunlari “Numa diagnostiks”da onkologiya bilan og‘rigan bemorlar uchun bepul ko‘rik tashkil etildi.
Yaqin kelajakda turkiyalik hamkorlar bilan birgalikda O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib JCI sertifikatiga ega bo‘lgan inovatsion klinika ochilishi rejalashtirildi.
Aloqa uchun telefon +998555133333
Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling
Instagram’da yangiliklardan xabardor bo‘ling
Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring numadiagnostics.uz
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr