Qanday shartlar bilan hududlar toifasi “qizil“dan “sariq“ga o‘tkazilishi aytildi

Jamiyat

image

Kecha, 21 may kuni AOKA shtabida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda qator savollarga javob berildi.

Qizil, sariq, yashil toifalarga ajratilgan hududlarda karantin darajasi qaysi hollarda yumshatilib, boshqa rangga o‘tishi mumkin?

Karantin toifasi yangidan aniqlangan kasallanish holatlari kamayib, sog‘ayganlar soni ko‘payib borishi bilan qizil rang sariqqa o‘zgarishi mumkin.

Yangidan aniqlangan hollar batamom tugab, mavjud bemorlar tuzalganda sariq rang yashilga o‘zgaradi.

Dunyoda koronavirusning ikkinchi to‘lqini bo‘layotganmish. Bizda ham shunday holat bo‘lishi mumkinmi?

Chet ellik hamkasblarimiz bilan deyarli har kuni aloqada bo‘lib, tajriba almashib turibmiz. Hozirgi kunda ikkinchi to‘lqin haqida axborotlar yo‘q.

Xitoyning Xeylunzyan provinsiyasida kir yuvish korxonasining xizmatchisida koronavirus aniqlanib, 100 millionga yaqin fuqarolar karantinga olingan. Lekin bu ikkinchi to‘lqin degani emas.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

218

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing