Qancha o‘zbekistonlik Yevropaga kiritilmagani aytildi

Jamiyat

image

2023 yilda 8170 nafar o‘zbekistonlikning shengen vizasi uchun arizasi rad etilgan. Bu haqda Yevropa komissiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2023 yilda o‘zbekistonliklar shengen vizasini olish uchun 46 503 ta ariza topshirgan. Ammo arizalarning 16,5 foizi rad etilgan. Qabul qilingan arizalar soni esa 38 333 tani tashkil etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 2022 yilga nisbatan rad etishlar ulushi 0,4 foizga oshgan, biroq keyinchalik 39 509 ta ariza tasdiqlangan.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yili Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va unga aloqador shengen davlatlari konsulliklariga qisqa muddatli vizalar uchun 10,3 milliondan ortiq ariza kelib tushgan. Bu 2022 yilga (7,5 million) nisbatan 37 foizga ko‘p, ammo COVID-19 pandemiyasidan oldingi 2019 yildagi so‘rovlar sonidan (17 million) past hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa O'zbekiston shengen viza

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing