Qancha mahkum referendumda ovoz berayotgani aytildi

Jamiyat

image

Ozodlikdan mahrum etish joylarida tashkil qilingan referendum uchastkalarida 9679 nafar shaxs ovoz berish huquqidan foydalanmoqda. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida Ichki ishlar vazirligi vakillari ishtirokida brifingda aytib o‘tildi.

Bugun, 30 aprel kuni O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasini qabul qilish bo‘yicha referendumda qamoqda saqlash joylarida ushlab turilgan hamda qamoqqa olingan, shuningdek, uncha og‘ir bo‘lmagan yoki ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etganligi uchun jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar ham ishtirok etmoqda.

Xususan, bugun qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida referendumda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan 9679 nafar shaxs ovoz berish huquqidan foydalanish imkoniyatiga ega. Referendum qonunchiligiga ko‘ra, referendumga 60 kun qolganda qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylaridagi mahkumlarning ovoz berishi uchun jami 18 ta referendum uchastkalari tashkil etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Konstitutsiya referendum mahkumlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing