Qamoqqa olinganlar uchun ta’lim tizimi takomillashtiriladi
Jamiyat
−
18 aprel 2019
3797Joriy yilning 16 aprel kuni Vazirlar Mahkamasining “Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar uchun umumiy ta’lim va kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.
Bugungi kunda, jazoni ijro etish muassasalarida 6 ta idoraviy umumta’lim maktablari va maktablarning filiallari faoliyat yuritmoqda.
Qarorga muvofiq, Toshkent viloyati IIB Probatsiya va jazolarni ijro etish bo‘limi Tarbiya koloniyasining 5-maktabi Zangiota tumani 35-maktabi bilan birlashtirildi. Hamda Probatsiya va jazolarni ijro etish bo‘limi Tarbiya koloniyasida mazkur maktabning filiali tashkil etildi.
Shuningdek, Kasb-hunar ta’limi markazining jazoni ijro etish muassasalari hududidagi 4 ta kasb-hunar ta’limi muassasalari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga o‘tkazilib kasb-hunarga o‘rgatish markazlariga aylantirildi.
Markazlar mahkumlarga sifatli bilim beradi va mehnat bozorida talab etiladigan kasblarga tayyorlaydi.
2019/2021 o‘quv yilidan mahkumlarni o‘qitish jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalar joriy etiladi hamda bu bo‘yicha Harakatlar dasturi ishlab chiqiladi.