Qamoqdagi kriminal avtoritet “Yovvoyi Arman”ning advokatlari shikoyat bilan chiqdi

Olam

image

Qozog‘istonda ommaviy tartibsizliklar uyushtirishda ayblanayotgan jinoiy avtoritet “Yovvoyi Arman” (Arman Jumageldiyev)ning advokatlari himoyasidagi shaxsning izolyatordagi sharoitidan shikoyat qildi.

Himoyachilarga ko‘ra, Arman Jumageldiyev qiynoqqa tenglashtirish mumkin bo‘lgan noinsoniy sharoitlarda saqlanmoqda. Ular “Yovvoyi Arman” politsiya hibsxonasidan Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining Olma-ota departamenti izolyatoriga ko‘chirilgani uchun izoh talab qilmoqda.

Avvalroq, Arman Jumageldiyev 7 yanvardan beri saqlanayotgan politsiya hibsxonasidan yo‘qolib qolgani haqida xabar bergan edik. Ko‘p o‘tmay u MXQning Olma-ota departamenti izolyatoriga ko‘chirilgani ma’lum bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, Olma-ota politsiyasi maxsus operatsiya o‘tkazib, “Yovvoyi Arman” boshchiligidagi jinoiy guruhining olti a’zosini qo‘lga olgandi. Ularning qurollari musodara qilingan. Rasmiylar yanvar oyida Turkiyadan qaytgan Jumageldiyevni yil boshidagi tartibsizliklar vaqtida tartibsizlik va amaldorlarga hujum uyushtirganlikda gumon qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Yovvoyi Arman

Baholaganlar

901

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing