“Qamchiq” dovonida yuk avtomobili yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 11 aprel kuni “Qamchiq” dovonida yuk avtomobili yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 15:43 da A-373 avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan qismida “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishida harakatlangan Iveco rusumli yuk avtomobilida yong‘in yuzaga kelgani to‘g‘risida “Qamchiq” maxsus qutqaruv boshqarmasiga xabar tushgan. Aytilgan manzilga 2 ta qutqaruv bo‘linmasi soat 15:53 da yetib borib, yong‘in 15:55 da o‘rab olingan va soat 16:00 da o‘chirilgan.

Bildirilishicha, yong‘in oqibatida yuk avtomobilining saloni to‘liq va tirkamasi qisman yonib zararlangan. Tezkor harakatlar natijasida yong‘indan yuk avtomobili tirkamasini taxminan 90 foiz qismi saqlab qolingan. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Olmazor tumanida Leapmotor rusumli elektromobil yonib ketgandi. Yong‘in oqibatida jarohatlanganlar bo‘lmagan.
 


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Qamchiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing