“Qamchiq” dovonida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatildi

Jamiyat

image

Farg‘ona vodiysidagi uch viloyatni Toshkent shahri va boshqa viloyatlar bilan bog‘lovchi “Qamchiq” dovoni vaqtincha yopildi. Koronavirus tarqalishining oldini olish uchun shunday qilindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati YHXB ma’lum qildi.

“Xozirgi vaqtga kelib, xavfli virusning tarqalishini oldini olish maqsadida Farg‘ona viloyatini Toshkent shahri va boshqa viloyatlar bilan bog‘lovchi “Qamchiq” dovonida ham vaqtincha transport vositalari harakati cheklandi”, deyiladi xabarda.

Faqatgina Farg‘ona viloyatidan boshqa viloyatlarda doimiy ro‘yxatda turuvchi fuqarolarga yashash manzillariga yetib olishlariga imkon beriladi.

“Fuqarolardan ushbu cheklovlarni to‘g‘ri qabul qilishlarini, olib borilayotgan tadbirlar va belgilangan normalarga amal qilish orqali xavfli virusning respublikamizda tarqalishini oldini olishga o‘z hissalarini qo‘shishlarini so‘rab qolamiz!”, deya qo‘shimcha qilingan xabarga.

Eslatib ўтамиз, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 46 nafarga yetdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Qamchiq

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing