“Qamchiq” dovonida neft mahsulotlari ortilgan yuk mashinasi YTHga uchradi (video)

3-sahifa

image

“Qamchiq” dovonida neft mahsulotlari ortilgan yuk mashinasi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, bugun, 21 mart kuni A-373 avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni qismidan o‘tgan 198 kilometrida MAN rusumli neft mahsulotlari ortilgan yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida yong‘in yuzaga kelmagan.

Voqea joyiga FVVning 3 ta maxsus texnikasi yetib brogan. Sodir bo‘lgan hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Vazirlikning keltirishicha, mazkur vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik . Shuningdek, Jizzax viloyati Zomin tumani sodir bo‘lgan YTHda prokuraturaning ikki xodimi vafot etgan edi.

Javohir Qadamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qamchiq dovoni neft' yuk mashinasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made