“Qamchiq” dovonida ko‘chki sodir bo‘ldi
Jamiyat
−
06 noyabr
5696Bugun, 6 noyabr kuni soat 4:55 larda A-373 avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni hududidan o‘tuvchi 238,5-kilometrida ko‘chki yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Vodiy – Toshkent” yo‘nalishida tog‘ qiyaligidan yog‘ingarchilik natijasida namlanish hisobiga nomustahkam tosh – tuproq aralashmasi ko‘chkisi kuzatilgan.
Ko‘chki yo‘lning xandaq qismiga tushgan bo‘lib, harakat xavfsizligiga ta’sir yetmagan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Voqea joyida “Qamchiqavtoyo‘l” IYFUK kuch va vositalari bilan ko‘chki massalari tozalangan. “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi va YPX otryadi xodimlari avtomobil yo‘lida xavfsizlik choralarini ko‘rishgan.
Dovon orqali harakatlanuvchi haydovchilardan xavfli uchastkalarda transport vositalarini to‘xtatmasligi hamda ogohlantiruvchi va taqiqlovchi belgilarga rioya etish so‘ralgan.
LiveBarchasi