“Qamchiq” dovoni vaqtinchalik yopildi
Jamiyat
−
12 fevral 7448 1 daqiqa
Qor ko‘chkisi xavfi sababli “Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 12 fevral kuni soat 13:00 dan A-373 Xalqaro avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan. Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
“Qamchiq” dovonining qayta ochilishi bo‘yicha FVV axborot xizmati qo‘shimcha ma’lumot taqdim etadi.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust