Qamchiq dovoni vaqtincha yopildi (video)

Jamiyat

image

Qalin qor yoqqani sababli 8 fevral kuni soat 00:50 dan A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, vazirlik rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, dovon yo‘lini maxsus texnikalar yordamida qordan tozalash chorasi ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zgidromet 7-8 fevral kunlari A-373 “Toshkent – O‘sh” avtoyo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik va tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 m gacha pasayishi, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi oqibatida avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkinligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qamchiq yopildi dovoni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing