Qamchiq dovoni vaqtincha yopildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 5 mart kuni soat 00:01 dan Qamchiq dovonida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu qor yog‘ishda davom etayotgani, kuchli shamol hamda Gidrometeorologiya markazining 126-sonli xabarnomasi asosida qor ko‘chishi xavfi yuzaga kelishi mumkinligi sababli, turli ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida amalga oshirildi.

Harakat to‘xtatilgan vaqtda avtomobil yo‘lini qordan tozalash ishlari olib borilgan. Dovon yo‘li ochilishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Boshqarma barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilib, ehtiyot bo‘lishni so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Qamchiq dovoni

Baholaganlar

186

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing