“Qamchiq”dagi YTHda bir kishi qurbon bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 28 dekabr kuni “Qamchiq” dovonida yuz bergan yo‘l-trnasport hodisasida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

YTH soat 17:10 larda Namangan viloyati Pop tumani hududidan o‘tgan A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 223-km.da sodir bo‘ldi. Haydovchi Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida yashagan, 1994 yilda tug‘ilgan D.O. Isuzu rusumli yuk avtomobilini boshqarayotib, yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi temir to‘siqqa urilib, ag‘darilgan. Shundan so‘ng, avtomobil qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, haydovchi Uychi tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan V.M. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomobili bilan to‘qnashuv sodir etgan. Natijada Isuzu rusumli avtomobil haydovchisi D.O. voqea joyida halok bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Isuzu rusumli avtomobili haydovchisining xavfli burilishda harakat xavfsizligini ta’minlay olmaganligi oqibatida sodir bo‘lgan.

“Hurmatli haydovchilar, tog‘li dovon yo‘lida harakatlanayotganda o‘ta xushyor va “Yo‘l harakati qoidalari”ga qat’iyan amal qilgan holda harakatlanishlaringizni so‘raymiz”, deyiladi boshqarma xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qamchiq

Baholaganlar

141

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing