Qamchiqdagi “baliq yomg‘iri”ga izoh berildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 30 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qamchiq dovonida “baliq yomg‘iri” bo‘libdi, degan xabarlar tarqaldi. “Qamchiqavtoyo‘l” IYFUK dovondagi holatga munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur hodisa joriy yilning 26 noyabr kuni soat 16:30 lar atrofida A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 227 km. qismida sodir bo‘lgan.

Dovon yo‘lida harakatlanib ketayotgan xorijiy korxonaga tegishli 40 N 000071 davlat raqamli yengil avtomashina yukxonasiga joylashtirilgan yelim idishda boqish uchun yetishtirilgan baliq chavoqlari olib ketayotgan vaqtda harakat xavfsizligini ta’minlay olmasdan oldida ketayotgan yuk avtomashinasiga borib urilgan. Oqibatda yengil avtomashinaga joylashtirilgan yelim idish yorilib, ichidagi baliqlar yo‘lga sochilib ketgan.

Mazkur transport hodisasida hech kim jabrlanmagan. Yo‘lga sochilib ketgan baliq chavoqlarning asosiy qismi nobud bo‘lmasdan yig‘ishtirib olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Qamchiq

Baholaganlar

3783

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing