“Qamchiq”da yuk mashinasi poyezd bilan to‘qnashdi
Jamiyat
−
17 avgust 2020 8946 1 daqiqa
“Qamchiq”da yuk mashinasi va yuk poyezdi o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Avtohalokat Toshkent - O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining 185-kilometrida sodir bo‘lgan. Yuk avtomobili harakat vaqtida boshqaruvni yo‘qotib yuk poyezdi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Hodisa oqibatida qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q.
FVVning “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari yuk mashinasi va harakatdagi yuk poyezdi ishtirokidagi avariya oqibatlarini bartaraf etyapti.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust