“Qamchiq”da yuk mashinasi yonib ketdi
3-sahifa
−
05 noyabr
2975Bugun, 5 noyabr kuni “Qamchiq” dovonida yana bir yuk avtomobili yonib ketdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 13:30 larda “Qamchiq” dovoni hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 258-kilometrida “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan yuk avtomobilining nosoz old g‘ildiragi chiqib ketishi oqibatida yong‘in chiqqan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Voqea joyida “Qamchiq” dovoni bo‘yicha YPX otryadi va FVV xodimlari holatni to‘liq nazoratga olgan.
“Ushbu yo‘nalishda harakat vaqtinchalik to‘xtatilgan. Yong‘in o‘chirilgach harakat zudlik bilan ochiladi. Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Cobalt va Mercedes-Benz to‘qnashuvi oqibatida 4 kishi jabrlangandi. YTH oqibatida Cobalt va Mercedes-Benz transport vositasining haydovchilari va 2 nafar yo‘lovchilariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
LiveBarchasi