“Qamchiq”da yuk mashinasi ag‘darildi. Jabrlanganlar bor
Jamiyat
−
16 noyabr 2019
7088Bugun, 16 noyabr kuni “Qamchiq” dovvonida yuk mashinasi handaqqa ag‘darilib ketdi. Natijada ikki kishi jarohatlandi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
16 noyabr kuni soat 11:40 da “Qamchiq” navbatchilik maskani navbatchi dispetcheriga, Buxoro viloyati Kogon tumanida tug‘ilgan, R.Sh. boshqaruvidagi Isuzu rusumli yuk mashinasi A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 248 kmda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi handaqqa (kyuvetga) tushib ketganligi to‘g‘risidagi ma’lumot kelgan.
Buning oqibatida Isuzu haydovchisi va yo‘lovchisiga o‘rta darajadagi tan jarohati yetgan.
Mazkur murojaat yuzasidan, voqea joyiga “Rezak” navbatchilik maskani guruh komandiri katta serjant A. Ergashev boshchiligida qutqaruv guruhi tezkorlik bilan yetib borishgan. Qutqaruvchilar tomonidan Isuzu yuk mashinasi haydovchisi va yo‘lovchisi mashina ichidan chiqarib olinib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng, jabrlanganlar Pop tuman markaziy shifoxonasiga yetkazilgan.