“Qamchiq”da o‘nlab qor ko‘chkilari bo‘ldi (video)

Olam

image

Kecha, 12 fevral kuni (soat 17:00-21:00 oralig‘ida) Namangan viloyatining Pop tumani “Qamchiq” dovonida qor ko‘chkilari sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, dovonda yoqqan kuchli yog‘ingarchiliklar oqibatida 12000 metr kub hajmdagi 12 ta qor ko‘chkilari aniqlangan. Talofat va jabrlanganlar yo‘q.

Shuningdek, kecha, 12 fevral kuni (soat 17:00-21:00 oralig‘ida) Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani Chimyon hududining 2000 metr balandligida yoqqan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida 5500 metr kub hajmdagi 4 ta qor ko‘chkilari ham aniqlangan.

Esatib o‘tamiz, avvalroq qor ko‘chkisi xavfi sababli “Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zgidromet Qamchiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing