“Qamchiq”da transport vositalari harakati to‘xtatildi

Jamiyat

image

“Qamchiq” dovonida Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining kuch va vositalari tomonidan avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatildi. Bunga Gidrometeoroligiya xizmati markazininig bergan ma’lumotiga ko‘ra bugun, 21 dekabr kuni A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lida qor ko‘chkisi xavfi mavjudligi sabab bo‘ldi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyatining Ohangaron va Angren shaharlari hamda Namangan viloyatining Pop tumanida avtotransport haydovchilari va yo‘lovchilarni qabul qilish bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

“Qamchiq” dovonidan o‘tishga ulgurmagan avtotransport haydovchilari va yo‘lovchilarni Toshkent viloyatining Ohangaron va Angren shaharlari hamda Namangan viloyatining Pop tumanidagi mavjud umumovqatlanish shohobchalariga joylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ular uchun barcha sharoitlar (issiq ovqat, ichimlik suvi, dam olish joylari) yaratilgan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, qor qatlami yig‘iladigan joylar holati mustahkam emas, qor ko‘chishi xavfi mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

transport Qamchiq

Baholaganlar

129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing