“Qamchiq”da ikki avtomobil handaqqa tushib ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 2 noyabr kuni “Qamchiq” dovonida ikki avtomobil yo‘l chetidagi handaqqa tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

2 noyabr kuni taxminan soat 03:30 da “Qamchiq” maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismiga “Qamchiq” dovonidan “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan, 1980 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan N. O.  boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 204,1 kmda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi handakka (kyuvetga) tushib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi. Buning oqibatida, mashina salonidagi 3 nafar yo‘lovchi turli darajadagi tan jarohatini olgan.

Mazkur vaziyat bo‘yicha, “Qamchiq” maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasining 2-nazorat guruhi qutqaruvchilari voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borishadi. Shundan so‘ng, jarohatlangan fuqarolar Q.M., (bosh miya chayqalishi), K.S., (qorin qismida va o‘ng qo‘l shikastlanishi), N.R. (o‘ng qo‘l bilak sohasi yopiq sinishi) ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan hamda Angren markaziy shifoxonasiga yetkazilgan. 

Bundan tashqari, shu kunning o‘zida,  ya’ni tongi soat 04:51 larda “Qamchiq” dovonidan “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan, 1999 yilda Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilgan N.M. boshqaruvida bo‘lgan “Jiguli” rusumli avtomashina A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 222 kmda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi handakka (kyuvetga) tushib ketgan.

Voqea joyiga tezkorlik bilan “Beshqo‘l” navbatchilik maskanidan katta leytenant I.Bo‘taboyev boshchiligida 2 nafar qutqarchilar jarohatlangan fuqaro B.A.ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan hamda Angren markaziy shifoxonasiga yetkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

FVV Qamchiq

Baholaganlar

128

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing