“Qamchiq”da fura butkul yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

“Qamchiq” dovonida DAF rusumli yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 15 aprel kuni soat 22:41 da “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismiga dovondan o‘tgan A-373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining Vodiy-Toshkent yo‘nalishida harakatlangan DAF rusumli yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar tushgan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga soat 22:50 da “Qamchiq” maxsus qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasidan 2 ta ekipaj yetib borgan. Soat 22:53 da yong‘in qurshab olingan va 23:13 da to‘liq bartaraf etilgan.

Bildirilishicha, yong‘inning sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan. “Qamchiq” dovonida avtomobillarning ikki tomonlama harakati davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq A-373 “Toshkent–O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni qismida “Toshkent–Vodiy” yo‘nalishida harakatlangan Changan rusumli avtotransport vositasida yong‘in yuzaga kelgan edi. Yong‘in tufayli avtotransport vositasining salon qismi hamda yukxonasi yonib zararlangan. Tezkor harakatlar natijasida yukxonada bo‘lgan 18 ta velosipeddan 9 tasi va 4 ta elektroskuterdan 1 tasi yong‘indan saqlab qolingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar qayd etilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Qamchiq fura DAF

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing