Qamchiqda dahshatli YTH: ikki kishi vafot etdi

Jamiyat

image

Qamchiq dovonida ro‘y bergan dahshatli yo‘l-transport hodisasi natijasida 2 kishi vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda. 

Kecha, 8 iyul kuni soat 07:30 da Pop tumani hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Osh” avtomobil yo‘lining 223-kilometrida 28 yoshli J.J. boshqaruvida bo‘lgan sement yuklangan ISUZU rusumli avtomashinasini “Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, boshqaruvni yo‘qotadi va yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketadi.  Oqibatda avtomobil jarlikka ag‘darilib ketadi. Natijada avtomashina haydovchisi J J. va yo‘lovchisi 23 yoshli Ch.J.tan jarohatlari olib, hodisa joyida vafot etadi. 

Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Qamchiq dovoni

Baholaganlar

633

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing