“Qamchiq”da 4 ta mashina YTHga uchradi

3-sahifa

image

Bugun, 6 oktyabr kuni “Qamchiq” dovonining 199 km.da to‘rtta yengil avtomobil ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Soat 6:20 larda “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan Spark rusumli avtomobil’ haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi temir to‘siqqa urilgan. Uning ortidan kelayotgan, ikkita Gentra va Cobalt rusumli avtomobillar Spark’dan qochaman deb YTHga uchragan.

Zudlik bilan “Qamchiq” MQYOQB qutqaruvchilari, tez tibbiy yordam, Yo‘l-patrul xizmati, “Qamchiqavtoyo‘l” Ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xodimlari voqea joyiga yetib borgan. Qutqaruvchilar jarohat olgan fuqarolarni avtomoshinalar ichidan chiqarib olishgan.

Spark avtomobilining salonida haydovchi va bir nafar yo‘lovchi bo‘lib, yo‘lovchi tan jarohati olgan, shuningdek, Cobalt avtomobilining haydovchisi o‘ng qo‘l sinishi tashhisi bilan Angren shahar Markaziy shifoxonasiga yuborilgan. Hozirda shifokorlar ularning ahvoli yaxshilanganini bildirishgan. Qolgan avtoulovdagi yo‘lovchi va haydovchilar yengil tan jarohati olgani sabab ularga shu joyning o‘zida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi avtomobil haydovchilari noqulay ob-havo sharoitini inobatga olmay, tezlikni oshirib haydashi oqibatida yuz bergan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qamchiq

Baholaganlar

169

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing