“Qamchiq”da 2 kishi tog‘dan yiqilib halok bo‘ldi
3-sahifa
−
09 yanvar
6427Kecha, 8 yanvar kuni “Qamchiq” dovonida 2 kishi tog‘ tepaligidan yiqilishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga asosan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, soat 15:30 larda Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida yashagan, 1993 yilda tug‘ilgan ikki erkak “Toshkent-Namangan” avtomobil yo‘lining 141-kilometrida (Janubiy aylanma yo‘li) joylashgan tog‘ tepaligiga sinfdoshlari bilan dam olish maqsadida chiqib, ehtiyotsizligi oqibatida tog‘ tepaligidan yiqilib, voqea joyida vafot etgan. Bu haqda Namangan viloyati Pop tuman IIB navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan.
Marhumlarning o‘limi sababini aniqlash maqsadida, sudga oid tibbiy ekspertizalar tayinlangan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar