Qambarota GES-1 qurilishi qayta boshlandi
Jamiyat
−
13 Oktabr 2025 4253 2 daqiqa
Qirg‘izistonda yevropalik investorlar ishtirokida Norin daryosida Qambarota GES-1 qurilishi boshlandi. Bu haqda “Asia-Plus” xabar berdi.
Qambarota GES-1 loyihasi bo‘yicha yiliga o‘rtacha 5,6 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradigan 5,4 milliard kub metr suvombori va 1860 MVt quvvatga ega GES qurilishi ko‘zda tutilgan.
2024 yilning aprel oyida Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston ushbu loyihani birgalikda amalga oshirishga kelishib olgandi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, qurilish qiymati 4 milliard dollardan oshadi. Moliyalashtirish bitim taraflari tomonidan, shuningdek, kreditlar, grantlar va xalqaro moliya institutlarining ko‘magi hisobidan amalga oshiriladi.
SSSRda 1988 yilda Qambarota 1 va 2-sonli GES loyihalari ma’qullangan, biroq 1994 yilda mablag‘ yo‘qligi sababli 1- GES qurilishi to‘xtab qolgan (o‘sha paytda ishlarning 25 foizi bajarilgan edi).
2008 yilda Rossiya ishtirokida GES-2 bo‘yicha ishlar qayta tiklandi, 2010 yilda esa birinchi GES ishga tushirildi. Biroq keyingi hamkorlik mablag‘larni noto‘g‘ri ishlatish ayblovlari tufayli to‘xtab qoldi.
Keyinchalik “Rusgidro” shirkati yordamida ikkala stansiya qurilishini yakunlash rejalashtirilgan edi, biroq Qirg‘iziston hukumati tashabbusi bilan shartnoma bekor qilindi.
Ma’lumot uchun, Qambarota GES-1 Qirg‘izistonning Norin daryosida qurilishi rejalashtirilayotgan yirik gidroelektrstansiya bo‘lib, u Markaziy Osiyoda energetik xavfsizlikni mustahkamlash va suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlashga qaratilgan muhim mintaqaviy tashabbus o‘laroq ko‘rilmoqda. Yevropa Ittifoqi Qambarota GES-1 qurilishi uchun 1 milliard dollar ajratadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025