Qallibek Kamolov vafot etdi
Jamiyat
−
15:39 6373 2 daqiqa
O‘zbekiston SSR Kommunistik partiyasi Qoraqalpog‘iston (avtonom Respublikasi) qo‘mitasining birinchi kotibi Qallibek Kamalov vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Qallibek Kamolov 1926 yil 18 martda tug‘ilgan. 1947 yilda Qoraqalpog‘iston o‘qituvchilar institutini tamomlagan. Oliy o‘quv yurtini tugatgunga qadar o‘qituvchi bo‘lib ishlagan, keyin komsomol ishiga yuborilgan. Turli yillarda Qoraqalpog‘iston ASSR Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari, Nukus shahar ijroiya qo‘mitasi raisi, kommunal xo‘jaligi vaziri, respublika avtomobil transporti va avtomobil yo‘llari vaziri bo‘lgan.
U 1958−1959 yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Qoraqalpog‘iston viloyat qo‘mitasi kotibi, 1959−1963 yillarda Qoraqalpog‘iston ASSR Vazirlar Kengashi raisi, 1963−1984 yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Qoraqalpog‘iston viloyat qo‘mitasining birinchi kotibi bo‘lib ishlagan. 1984−1986 yillarda SSSRning Konstansa (Ruminiya) shahridagi bosh konsuli bo‘lgan.
Qallibek Kamolov 1987 yilda “paxta ishi” bo‘yicha qamoqqa olingan. 1989 yil oxirida u 15 yilga ozodlikdan mahrum qilingan va Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni va ko‘plab mukofotlardan mahrum etilgan. Keyinchalik u ish bo‘yicha boshqa mahkumlar kabi afv qilingan.
Qallibek Kamolovning ukasi Temur Kamolov 1997–2002 yillarda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi bo‘lgan. Xuddi shu lavozimda 2020 yil oktyabridan 2022 yil yozigacha Qallibek Kamolovning o‘g‘li Murat Kamolov ishlagan.
Live
Barchasi