“Qaldirg‘ochlar”ning qanoti yana qayrildi. CAS “Bunyodkor” Ibrohimov oldida qarzdorligini tasdiqladi
Sport
−
27 aprel 2023
74162020 yilning 3 dekabr kuni futbolchi Javlon Ibrohimov O‘FA Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitasiga “Bunyodkor” futbol klubi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bo‘yicha arz kiritgandi. Unda klub futbolchi oldidagi moliyaviy majburiyatini to‘liq bajarmagani da’vo qilingan. Bu haqda O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘zPFL) Matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ishni o‘rganib chiqqan qo‘mita yakunda klub futbolchi oldidagi qarzini to‘lab berishi lozimligi yuzasidan qaror chiqargan. Biroq “Bunyodkor” futbol klubi ushbu qarordan norozi bo‘lib, O‘FA Apellyatsiya qo‘mitasiga shikoyat kiritgan. 2021 yilning 25 may kuni Apellyatsiya qo‘mitasi ham futbolchini haq deb hisoblab, qarorni o‘zi kuchida qoldirgan.
Har ikki ishni boy bergan “Bunyodkor” futbol klubi 2021 yilning 14 iyun sanasida CAS – Xalqaro sport arbitraj sudiga murojaat qildi. Joriy yilning 25 aprel kuni ishni uzoq muddat davomida ko‘rib chiqqan CAS O‘FA Apellyatsiya qo‘mitasining 2021 yil 25 maydagi qarorini o‘z kuchida qoldirish yuzasidan qaror chiqardi.
Qayd etilishicha, Xalqaro sport arbitraj sudining klub murojaatini ko‘rib chiqishi summasi taxminan 20 ming dollardan kam emas.
Endilikda “Bunyodkor” sobiq futbolchisi Javlon Ibrohimov oldidagi qarzlarini to‘lab berishi kerak bo‘ladi. Qo‘shimchasiga, “Bunyodkor” uzoq davom etgan jarayon uchun sud harajatlarini ham to‘liq qoplashi talab etiladi. Qayd etilishicha, Xalqaro sport arbitraj sudining klub murojaatini ko‘rib chiqish summasi taxminan 20 ming dollardan kam emas. Sud harajatlari Javlon Ibrohimov avvalboshidan to‘lanishi lozim bo‘lgan summadan kam hisoblanmaydi.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida “Bunyodkor” futbol klubi sobiq bosh murabbiyi, chernogoriyalik Ivan Boshkovich “O‘zbekneftgaz” va “Bunyodkor” jamoasi boshlig‘i Mehriddin Abdullayevning klub ishlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvi haqida fikr bildirgandi. Boshkovichning aytishicha, u klubdan yiliga 1 milliard so‘mdan ortiq pul olib yurgan.
LiveBarchasi