Qalandar baxshi 73 yoshida vafot etdi
Jamiyat
−
29 fevral
10010O‘zbekiston xalq baxshisi Qalandar baxshi (Ro‘zimboy Normatov) 73 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Xorazm baxshichilik, dostonchilik maktabining yirik nomoyandalaridan biri bo‘lgan Ro‘zimboy (Qalandar baxshi) Normatov 1951 yil 15 iyunda Xorazm viloyati, Shovot tumanida tavallud topgan. U 1990 yil Toshkent davlat madaniyat institutini tamomlagan.
Qalandar baxshi xalq ijodiyotining an’anaviy xalq termalari, dostonlari, xalfa qo‘shiqlari va masxarabozlik yo‘nalishlarini o‘z ichiga qamrab olgan "Avazxon" folklor etnografik xalq ansambli badiiy rahbari sifatida ko‘p yillar faoliyat yuritgan.
Shu bilan birga, Qalandar baxshi qadimiy dostonlardan "Oshiq G‘arib va Shohsanam","Tohir va Zuhra", "Oshiq Mahmud","Sayotxon va Hamro", "Go‘ro‘g‘li" dostonlari turkumiga kiruvchi "Baziryon", "Avazxon", "Xirmondal" kabi qator dostonlarni kuylagan. Shuningdek, bizgacha faqat mazmunlari orqaligina yetib kelgan qadimiy "Yusuf Ahmad" dostonining qayta tiklanib ijro etilishiga munosib hissa qo‘shgan.
2001 yilda baxshichilik sohasidagi mehnatlari uchun “O‘zbekiston xalq baxshisi” unvoni bilan taqdirlangan.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi