Qadim davlatning eski muammosi yangi tahdidga aylandi
Olam
−
10 fevral 2020
7241Liviyadagi vaziyat, ayniqsa, tashqi aralashuv tufayli butun dunyo uchun tahdidga aylandi. Bu haqidagi fikrlarini 10 fevral kuni Afrika tinchlik va xavfsizlik komissari Smail Shergi bildirib o‘tgan.
Afrika Ittifoqining navbatdagi 33-sammiti Efiopiya poytaxti Addis-Abebada boshlandi. Liviyadagi vaziyat Afrika sammitidagi asosiy muhokama mavzularidan biriga aylandi.
“Misli ko‘rilmagan tashqi aralashuv va BMTning ushbu mamlakatga qurol yetkazib berishga qo‘ygan embargosi buzilganligi Liviyadagi vaziyatni butun dunyo uchun global tahdidga aylantirdi”, dedi Shergi Afrika Ittifoqi sammiti doirasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
2011 yilda Liviyada Muammar Qazzofi hokimiyatdan ag‘darilib, o‘zi o‘ldirilgach, mamlakatda siyosiy inqiroz boshlangan. Liviyada hozirgacha qo‘shhokimiyatchilik hukm suradi. Amalda davlatchilik yo‘q.
Sharqda saylangan parlament hokimiyati o‘rnatilgan bo‘lsa, Tripoli va g‘arbni BMT va Yevropa Ittifoqi ko‘magida shakllantirilgan Faiz Sarroj boshliq Milliy birdamlik hukumati boshqaradi.
Sharqdagi hukmron doiralar rasmiy Tripolidan mustaqil va LMA qo‘mondoni Xalifa Haftar bilan hamkorlik qiladi. Haftar kuchlari 2019 yilning aprelida poytaxt Tripolini egallash uchun harbiy harakatlarni boshlagandi.
LiveBarchasi