Liviya ham G‘azoga gumanitar yordam ortilgan kema yubordi
Olam
−
30 mart
3013Bugun, 30 mart kuni Liviya G‘azoga gumanitar yordam yubordi. Bu haqda Xalqaro G‘azoni qutqarish kampaniyasining ijtimoiy media saytiga tayanib, "Anadolu" agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Liviyaning insonparvarlik yordami ortilgan kemasi avval Misrning El-Arish portiga yetib boradi, shundan so‘ng gumanitar yuk quruqlik orqali G‘azoga yetkaziladi. Uning bortida 1200 tonnadan ortiq oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan bo‘lib, hozirda kema G‘azo sektori tomon yo‘l olgan.
Aytilishicha, bortda Misurata munitsipaliteti va Liviya Qizil Yarim Oy jamiyati a’zolari ham bor, ular gumanitar yukni eksklavga yetguncha kuzatib boradi.
Xabarda aytilishicha, 1200 tonnadan ortiq insonparvarlik yordamining to‘planishi Tripoli Misurata, Zliten va Zaviya kabi shaharlardagi nodavlat tashkilotlar tomonidan ham qo‘llab-quvvatlangan.
“Liviya Qizil Yarim Oy va Misr Qizil Yarim Oy jamiyati G‘azoga gumanitar yordam yetkazish uchun zarur bo‘lgan barcha tegishli tartiblarni bajardi”, deyiladi bu haqdagi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Armaniston G‘azo sektoriga salkam 30 tonna gumanitar yordam paketini tayyorlagani haqida xabar bergandik.
Madina Otaboyeva
LiveBarchasi