Qabul-2020: birinchi kunda 15 mingga yaqin abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi

Jamiyat

−

image

Bugun, 20 iyun 15 mingga yaqin talaba oliy ta’lim muassasiga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Davlat test markazi axborot berdi.

2020/2021 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soat 18:00 holatiga14 524 nafarni tashkil qildi.

Ta’lim shakli bo‘yicha:

•    Kunduzgi ta’lim shakli – 9 325 nafar;
•    Sirtqi ta’lim shakli – 4 933 nafar;
•    Kechki ta’lim shakli – 266 nafar.

OTMlar joylashgan hudud bo‘yicha:

•    Andijon viloyati – 1 546 nafar;
•    Buxoro viloyati – 590 nafar;
•    Farg‘ona viloyati – 854 nafar;
•    Jizzax viloyati – 354 nafar;
•    Namangan viloyati – 815 nafar;
•    Navoiy viloyati – 472 nafar;
•    Qashqadaryo viloyati – 617 nafar;
•    Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 360 nafar;
•    Samarqand viloyati – 1 412 nafar;
•    Sirdaryo viloyati – 394 nafar;
•    Surxondaryo viloyati – 792 nafar;
•    Toshkent shahri va viloyati – 5 979 nafar;
•    Xorazm viloyati – 339 nafar.

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar OTMlar kesimida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing