Qabrlar atrofini to‘siqlar bilan o‘rash taqiqlanishi mumkin

Jamiyat

image

Qabristonlarda qabrlar atrofini to‘siqlar bilan o‘rab qo‘yish taqiqlanishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida belgilangan.

Agarda mazkur hujjat loyihasi amaliyotga tatbiq etilsa, qabrlar atrofini metall va boshqa to‘siqlar (o‘simliklardan iborat yashil to‘siqlardan tashqari) bilan o‘rab olish taqiqlanadi. Shu bilan birga, qo‘shni qabrlar hududlarini va bo‘sh yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Loyihaga ko‘ra, shuningdek qaror bilan tasdiqlangan Dafn etish joylarini saqlash, ulardan foydalanish va qabr usti yodgorliklarini o‘rnatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga bir nechta o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:

•    Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari (fuqarolik xizmati ko‘rsatish boshqarmalari) va qabristonlarning ma’muriyatining vazifalari bo‘yicha tegishli o‘zgartirish kiritilmoqda;

•    yangi qabristonlarni barpo etish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yer to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq qabristonlar tashkil etish uchun yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida qabul qilingan qaroriga asosan tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan amalga oshirilishi belgilanmoqda;

•    dafn etishga ruxsatni qabriston mudiri (nazoratchisi) tibbiyot muassasasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan o‘lim haqidagi ma’lumotnoma yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari tomonidan berilgan, o‘lim to‘g‘risida belgilangan shakldagi tegishli hujjatlar taqdim etilganidan keyingina berilishiga doir o‘zgartirish kiritilmoqda;

•    xayr-ehsonlarni yig‘ish, hisobga olish va ulardan maqsadli foydalanishni tashkil etish choralari belgilanmoqda.

Hujjat muhokamasi joriy yilning 1 oktyabriga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

qabriston qabr

Baholaganlar

236

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing