Germaniyada qabristonlardagi qahvaxonalar ommalashmoqda

Bu qiziq

−

image

Berlin, Gamburg, Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Bavariya kabi Germaniyaning ko‘plab hududlarida bugungi kunda ochiq havodagi qabriston qahvaxonalari faoliyat yuritmoqda va ular ommalashmoqda. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bavariyaning Fyurt shahar qabristonidagi qahvaxona olti yildan beri ishlab kelmoqda. Loyiha tashkilotchisi Leander Virt qayta jihozlangan yuk velosipedidan tashrif buyuruvchilarga qahva va piroglar tarqatadi. Mehmondorchilik uchun faqat ramziy xayriya so‘raladi.

“Biz uchrashuvlar uchun imkoniyatlar yaratishni xohlaymiz. Qabriston esa buning uchun birinchi qarashda tuyulishi mumkin bo‘lganidan ko‘ra yaxshiroq mos keladi. Bu yerda vaqt sekinroq oqadi. Ba’zilar yaqinlarining qabrlarini parvarish qilayotgan bir paytda, boshqalar xiyobonlar bo‘ylab sayr qilishadi, bolalar esa kuzgi barglarni yig‘ishadi. Yaqinlarini yo‘qotishni boshdan kechirayotgan, yolg‘izlikni his qilayotgan ko‘plab tashrif buyuruvchilar uchun bunday uchrashuvlar juda muhim”, deydi Virt. 

Sotsiologlarning bildirishicha, bunday qahvaxonalar ommaviyligining ortishi jamiyatda qabristonlarning qabul qilinishi o‘zgarayotgani bilan ham bog‘liq. Agar ilgari ular faqat motam joylari sifatida qaralgan bo‘lsa, bugungi kunda tobora ko‘proq jamoat joylariga: yashil hordiq chiqarish hududlariga, ekologik va madaniy tashabbuslar maydonchalariga hamda uchrashuv maskanlariga aylanib bormoqda.

Odatda ochiq havodagi qahvaxonalar faqat yilning issiq faslida ishlaydi. Biroq ushbu mavsumda ularning ba’zilari ilk bor sovuq tushishi bilan yopilmaslikka qaror qilgan. Tashkilotchilarning ishonishicha, qisqa kuzgi va qishgi kunlarda odamlar uchun muloqot qiladigan joyga ega bo‘lish ayniqsa muhim.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing