Qahramon Quronboyev Yoshlar ittifoqidan “uchdi”

Jamiyat

image

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Qahramon Quranboyev lavozimidan ozod etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 29 avgustdagi farmoni bilan Qahramon Qo‘chqorovich Quronboyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri sifatida faoliyat yuritib kelgan Sherzod Qudbiyev tayinlangan edi.

Qahramon Quronboyev 1970 yilda Xorazmda tug‘ilgan. 2001-2006 yillarda "Kamolot" YOIH Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, 2009-2012 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektori, 2012-2013 yillarda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi prorektori, 2013-2016 yillarda Vazirlar Mahkamasida yoshlar siyosati masalalari kompleksi sektor mudiri, 2016 yil -2017 yil O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari, 2017 yildan bugungacha O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi raisi lavozimida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Qahramon Quronboev Yoshlar ittifoqi

Baholaganlar

227

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing