O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 48 mingga yaqinlashdi
Jamiyat
−
14 Sentabr 2020
9800Bugun, 14 sentyabr kuni O‘zbekistonda 572 holatda kasallik qayd etildi. Jami kasallanish holatlari 48 mingga yaqinlashdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 5 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Kun davomida Toshkent shahri, Samarqand, Andijon, Toshkent, Surxondaryo, Farg‘ona hamda Namangan viloyatlarida jami 524 nafar bemor tuzaldi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 47 995 nafar bemordan 44 526 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 071 nafar bemordan 451 nafari og‘ir, 243 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi