O‘zbekistonda ba’zi OTTlarda kontrakt miqdori maqbullashtiriladi

Jamiyat

image

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim faoliyati yanada takomillashtiriladi. Bu haqda tegishli varor loyihasida keltirib o‘tildi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:

•  bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi doirasida amalga oshirilayotgan qo‘shma ta’lim dasturlari va fakultetlarning tashkil etilishiga asos bo‘lgan bitimlar, kelishuvlar va memorandumlarni inventarizatsiyadan o‘tkazgan holda qo‘shma ta’lim dasturlari va fakultetlar tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy bitim loyihasini ishlab chiqadi;

•  ikki oy muddatda xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va qo‘shma fakultetlarning o‘quv rejalari va dasturlari, xorijdan keltiriladigan darsliklar, o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, shuningdek boshqa o‘quv adabiyotlarini ekspertizadan o‘tkazadi hamda ularning qo‘llanishiga doir xulosalar ishlab chiqadi;

•  2020 yil 1 sentyabrga qadar hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan muzokaralar o‘tkazish orqali xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va qo‘shma fakultetlarda ta’lim olish uchun belgilangan to‘lov-shartnoma miqdorini maqbullashtirish choralarini ko‘radi.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi kontrakt

Baholaganlar

141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing