O‘zbek sambochilari jahon kubogini muvaffaqiyatli boshlashdi
Sport
−
23 mart 2019
5436Kecha, 22 mart kuni Moskva shahridagi muhtasham “Lujniki” Olimpiya kompleksida sambo bo‘yicha jahon kubogi start oldi. Musobaqaning birinchi kun bahslari O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tdi.
O‘zbek sportchilari ushbu kun doirasida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg‘arishdi. Zafar Allaberganov (-68 kg, jangovor sambo) hamda Sirojiddin Anorqulov (-57 kg, jangovor sambo) barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medalga sazovor bo‘lishgan bo‘lsa, Bekzod Nurmatovga (-82 kg, jangovor sambo) hal qiluvchi bellashuvda omad yetishmadi. Shuningdek, Ulug‘bek Rahmonov (-82 kg), Zuhraxon Ma’murjonova (-52 kg) hamda Timur Xudoyqulov (-68 kg) o‘z vaznlarida shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarilishdi.
Shu tariqa o‘zbekistonliklar birinchi kunni 6 ta medal bilan yakunladilar. Bugun musobaqaning ikkinchi kun doirasida yana bir nechta umidli sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr