Lavrov Toshkentga keldi
Jamiyat
−
15 yanvar 2020
6423Bugun, 15 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekistonga keldi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov, Rossiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev va boshqa shaxslar kutib oldi.
Tashrif dasturidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida muzokara o‘tkazish va Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining Toshkent shahridagi filialiga borish ko‘zda tutilgan.
Muzokaralar davomida ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikning qator masalalari muhokama qilinadi. Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini imzolash rejalashtirilgan.
LiveBarchasi