Tramp AQSH Rossiyani “tiyib” turgani uchun kam to‘lashayotganidan nolidi

Olam

image

Kecha, 9 yanvar kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Amerika Yevropa mamlakatlarini Rossiyadan himoya qilayotgani uchun kam haq olayotganini ma’lum qildi.

“NATO ko‘p yillar davomida AQSH hisobiga g‘olib bo‘lib keladi. Biz Yevropani Rossiyadan himoya qilyapmiz, shunga qaramay (alyans davlatlarining mudofaa) xarajatlar so‘nggi 15-18 yilda muntazam qisqarib kelyapti”, deydi Tramp Ogayodagi mitingda.

AQSH Prezidentining fikricha, Yevropa yetakchilari uni shunday bayonotlari sababli o‘tmishdoshi Barak Obamadan farqli o‘laroq unchalik hush ko‘rmaydi.

“Ularga “To‘planganingiz uchun rahmat, biz buni qadrlaymiz. Men Vashingtonga qaytyapman. Hayr”, deb turuvchi Obama yoqadi”, deb ta’kidlagan Tramp.

Avvalroq, Donald Tramp prezidentligining qolgan vaqtida qanday ishlashni rejalashtirgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

NATO AQSh-Rossiya Donal'd Tramp

Baholaganlar

557

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing