Toshkentda mast haydovchi yo‘l chetida turgan ayolni urib yubordi
Jamiyat
−
15 yanvar 2020
5303Toshkentda 15 yanvar kuni mast holatda bo‘lgan haydovchi yo‘l chetida bo‘lgan ayolni urib yuborgan. Oqibatda ayol halok bo‘lgan. Bu haqda poytaxt IIBB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shu kuni soat 01:55 da Shayxontohur tumanida sodir bo‘lgan YTH haqida Ichki ishlar bo‘limiga murojaat kelib tushgan.
Aniqlanishicha, Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi 28 yashar M. A. VAZ-2107 avtomashinasini mast holatda boshqargan. Lutfiy va Nurafshon ko‘chalarining kesishmasida mashinani boshqara olmay, yo‘l chetiga chiqib ketgan.
Oqibatda yo‘l chetida savdo qilib turgan 56 yoshli D. V.ni urib yuborgan. Ayol shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, olgan jarohatlari tufayli ayol shifoxonada vafot etgan.
“Ayni damda voqea yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi