Uchtepada 5 mashina ishtirokida yirik YTH yuz berdi
Jamiyat
−
15 yanvar 2020
5975Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yo‘l-transport hodisasi yuz bergani haqida xabar va suratlar tarqaldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur YTH bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 14 yanvar kuni 102 raqamiga Lutfiy va Farhod ko‘chalari kesishmasida YTH yuz bergani haqida xabar tushgan. 37 yoshli Tohir T. boshqaruvidagi Cobalt svetoforning taqiqlovchi chirog‘ida to‘xtab turgan bir qancha avtomobil bilan to‘qnashgan. Jumladan, 26 yoshli Shohruh N. boshqaruvidagi Matiz, 29 yoshli Rustam X. boshqaruvidagi Spark, 28 yoshli Bekzod I. boshqaruvidagi Matiz hamda 28 yoshli Hamikjon Ya. Boshqaruvidagi Nexia-3 bilan to‘qnashgan.
YTH natijasida jami 4 kishi – Cobalt haydovchisi Tohir T., Matiz haydovchisi Bekzod I. va uning yo‘lovchisi hamda boshqa bir Matiz avtomobili yo‘lovchisi 26 yoshli Asror J. Tan jarohati olgan.
Hozirda Cobalt avtomobili svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan boshqa mashinalarga urilishining sababi aniqlanyapti.
LiveBarchasi