“Belarus go‘zali” parlament deputati bo‘ldi

Olam

image

"Miss Belarus – 2018” tanlovi g‘olibasi Mariya Vasilevich yettinchi chaqiriq Vakillar palatasi deputati bo‘ldi. Bu haqda “Sputnik Belarus” xabar bermoqda. 

Vasilevichning nomzodi Minsk shahrining Frunze tumanidagi Kalvariy tumanida qo‘yilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, unga 11,5 mingdan ortiq saylovchilar ovoz bergan.

Vasilevich Belarus parlamentning quyi palatasining eng yosh deputati bo‘ldi. U atigi 22 yoshda. Ta’kidlanishicha, u deputat sifatida yoshlar muammolari bilan shug‘ullanadi.

Mariya Vasilevich 2018 yilda "Miss Belarus" milliy tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi.

Bundan keyin uni bir necha bor mamlakat rahbari oldida ko‘rishgan: masalan, u Aleksandr Lukashenko bilan bilan o‘tin yorgan, Yevropa o‘yinlarida ishtirok etgan. Bundan tashqari, uchrashuvlardan birida Prezident unga kolxozni boshqarishni taklif qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus' Mariya Vasilevich

Baholaganlar

191

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing