Jamshid Qo‘chqorov Moskvaga nega boradi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov boshchiligidagi delegatsiya Moskva shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Iqtisodiy kengashining majlisida ishtirok etadi.

Joriy yilning 15 mart kuni Moskva shahrida MDH Iqtisodiy kengashining 81-majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Majlis Turkmaniston raisligida bo‘lib o‘tadi. MDH Ijroiya qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, majlis kun tartibidan MDH davlatlarining iqtisodiy sohadagi o‘zaro hamkorligi bo‘yicha keng doiradagi masalalar kiradi. Xususan, davlatlar axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha strategiyani ishlab chiqish masalasi ko‘tariladi. Kun tartibida Elektron savdo sohasida iste’molchilar huquqlarini ta’minlash masalasi alohida o‘rin olgan.


Maqola muallifi

Teglar

MDH Jamshid Qo'chqorov iqtisodiy kengash

Baholaganlar

48

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing