Zaxarovaning muammoli postidan keyin Lavrov Serbiya Prezidenti bilan gaplashib oldi

Olam

image

Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich AQSHda bo‘lib qaytganidan keyin Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefonda muloqot qildi. Ular Serbiya rahbarining AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralari va Bryusselda kutilayotgan uchrashuv haqida suhbatlashgan.

“Kosovo muammosi bo‘yicha muloqot vaqtida Rossiya pozitsiyasi BMT Xavfsizlik Kengashining 1244-sonli rezolyutsiyasi asosida uzoq muddatli va ishonchli barqarorlashuv yo‘lini izlashda o‘zgarishsiz qolishi ta’kidlandi”, deyilgan vazirlik xabarida.

RBK nashrining xabar berishicha, suhbat Lavrovning qo‘l ostidagi Mariya Zaxarovaning Vuchich va Tramp uchrashuvi bo‘ycha posti ortidan tashkil etilgan. Ammo vazirlik xabarida Zaxarovaning posti muhokama qilingani aytilmagan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 5 sentyabr kuni Vuchich Vashingtonga bordi. Serbiya Prezidenti u yerda Kosovo bilan iqtisodiy hamkorlik qilish bo‘yicha AQSH bilan kelishuv imzoladi. Zaxarova Facebook sahifasida bu uchrashuvga izoh qoldirib, Vuchich tergov vaqtidagidek o‘tirganiga imo qildi. Vuchich Zaxarovaning postini uyatsiz va ibtidoiy deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Vuchich Sergey Lavrov Mariya Zaxarova Rossiya-Serbiya

Baholaganlar

114

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing