Jah Khalib konsertidagi tartibsizlik vaqtida pichoqbozlik bo‘lgani rostmi?

3-sahifa

image

Shu yilning 25 noyabr kuni Toshkentdagi “Humo arena” saroyida xonanda Jah Khalib'ning konsert dasturi chog‘ida tomoshabinlar orasida kelishmovchilik yuz bergandi. Shundan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlarda ushbu tartibsizliklar fonida bir nechta fuqarolar jarohat olgani va vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan bog‘landi.

Joriy yilning 25 noyabr kuni “Humo arena” majmuasiga konsertga kelgan fuqarolarning konsertga kirishida tartibsizlik yuzaga kelgan edi. Keyinchalik mazkur holat Milliy gvardiya va Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan nazoratga olinib, og‘ir oqibatlar sodir bo‘lishining oldi olingan.  

“Lekin ayrim ijtimoiy tarmoq faollari ushbu tartibsizlik jarayonida go‘yoki bir nechta fuqarolar jarohat olgani va vafot etgani haqida asoslanmagan va tekshirilmagan xabarlarni tarqatmoqda. O‘tkazilgan tekshiruv jarayonida ushbu holatda birorta fuqaro jarohat olgani va vafot etgani haqida xabar kelib tushmagan. Ijtimoiy tarmoq faollaridan asoslanmagan va tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz”, deydi poytaxt IIBB axborot xizmati xodimi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Milliy gvardiyaning Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi fuqarolar tomonidan konsert dasturi uchun chiqarilgan o‘n mingdan ortiq elektron chiptalar sotib olingani hamda "Humo arena" saroyiga kirish uchun tashrif buyurgan fuqarolarning chiptalari xodimlar tomonidan maxsus skaner qurilmasi orqali tekshirilib kiritilgani ma’lum qilgandi. 

Ammo minglab muxlislar konsert saroyiga sig‘may qolgan. Saroydagi joylar allaqachon to‘lgan bo‘lishiga qaramay, tashqarida qolgan tomoshabinlarning ham qo‘lida chiptalari bor edi. Ayrim fuqarolar elektron chiptalarni o‘z manfaati yo‘lida takroran sotgani aniqlangan. Shu sababli ham ular orasida tirbandlik va norozilik yuzaga kelgan. 


Maqola muallifi

Teglar

pichoqbozlik Jah Khalib

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing