Izsiz yo‘qolgan Navalniyning daragi chiqdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning ashaddiy tanqidchisi, muxolifatchi Aleksey Navalniy Vladimir viloyatidan tashqarida joylashgan axloq tuzatish muassasasiga o‘tkazildi. Bu haqda viloyat sudi Navalniyning koloniya ma’muriyatiga qarshi da’vosini ko‘rib chiqish jarayonida ma’lum qildi. 

Sudda o‘qib eshittirilgan Jazoni ijro etish federal xizmati ma’lumotnomasi ko‘ra, Navalniy "Moskva shahar sudining 2023 yil 4 avgustdagi qonuniy kuchga kirgan hukmi"ga binoan koloniyani tark etgan. 

“Navalniyning yangi manzilga yetib kelgani amaldagi qonunchilik doirasida xabardor qilinadi”, deyiladi sudda o‘qilgan hujjatda.

Jurnalist Kira Yarmish ham Navalniyning advokatiga siyosatchi “Vladimir viloyatini tark etgani” haqida xabar berilganini tasdiqlagan. Jazoni ijro etish federal xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘chirish 11 dekabr kuni amalga oshirilgan.

"Afsuski, advokatlar Alekseyni 6 dekabrdan beri ko‘rmagan. Agar Aleksey hali ham 6-sonli axloq tuzatish koloniyasida bo‘lsa, nima uchun ular bilan uchrashishga ruxsat berilmagan, biz bilmaymiz”, deb yozgan Yarmish.

Eslatib o‘tamiz, 6 dekabr kuni Navalniyning sheriklari Vladimir viloyatidagi koloniya ma’muriyati advokatga siyosatchi bilan uchrashishga ruxsat bermagani haqida xabar bergan. Navalniyga texnik nosozliklar sabab koloniyadan videoaloqa orqali sud majlislariga ulanish ham to‘xtatilgan.

Bir versiyaga ko‘ra, siyosatchi bilan aloqaning yo‘qolishi uning yangi koloniyaga ko‘chirilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. O‘z navbatida, Baza o‘z ma’lumot manbalarini ko‘rsatmasdan, Navalniy vandalizm bo‘yicha yangi jinoiy ish bo‘yicha tergov harakatlarini o‘tkazish uchun Moskvaga yuborilganini xabar qildi. Navalniyning sheriklari siyosatchini qidirish uchun Moskvadagi aksariyat hibsxonalarni tekshirgan, biroq u topilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Aleksey Naval'niy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing